Янгиликлар
26
50 YOSHIMDA QAYTA TUG'ILDIM
FHDY bo'limi xodimlari aholiga tez va sifatli davlat xizmatlarini ko'rsatish bilan birga tuman markazidan olis hududlarda joylashgan mahalla fuqarolar yig'inlarining o'ziga borib sayyor qabullar o'tkazib turishgani fuqarolar uchun ayni muddao bo'lmoqda.
Koson tumani, Farovon mahallasida o'tkazilgan navbatdagi sayyor qabul jarayonida 50 yoshli fuqaro X.Xo'janiyozovaning tug'ilganlik guvohnomasi yo'qligi aniqlandi.
Tez orada kerakli hujjatlar tayyorlanib, Koson tuman FHDY bo'limi tomonidan tug'ilganlik haqida guvohnoma tantanali ravishda topshirildi.
Xursand opa shu paytgacha tug'ilganlik haqidagi guvohnomasiz yashab kelayotgan edi.
- Bugun juda xursand bo'ldim. Umraga borishni niyat qilib turgandim, xujjatim yo'qligi sabab endi qanday olsam ekan degan g'am bor edi.Mahallamga kelib mendan ariza olib ketishdi.50 yoshimda yana qayta tug'ildim.Rosti kutmagandim deydi: xursandchilik bilan Xursanoy Xo'janiyozova