Янгиликлар
26
Sayyor xizmatlar
Aholining muammolarini o'rganish maqsadida Muborak tuman “Qoraqum” mahalla fuqarolari yig'ini, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
50 nafar mahalliy aholi vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etgan sayyor qabul davomida fuqarolardan ilk tadbirkorlik faoliyati uchun kredit ta'minoti, yerga egalik qilish,subsidiya masalalari kun tartibiga ko'tarildi.
Bildirilgan ushbu masalalarning ayrimlari tegishlicha tuman adliya bo'limi ish yurituviga olindi. Aholiga ko'tarilgan masalalar yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.