Янгиликлар
"Jarariq" MFY da "Sayyor qabul"
G'uzor tuman adliya bo‘limi va tuman yuridik markaz, tuman Davlat xizmatlari markazi, tuman FXDY bo'limi xodimlari tomonidan tumandagi “Jarariq" MFY da “Sayyor qabul” tashkil etildi. Qabul davomida fuqarolarga tuman adliya bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va uning tizimidagi markazlarning asosiy ish faoliyati, bu boradagi islohotlar, qabul qilingan yangi qarorlar mazmun mohiyati haqida tushuntirishlar berildi.

“Sayyor qabul” da 6 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 5 nafar fuqarolarga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, 1 nafar fuqaroning murojaati bo'lim ish yurituviga qabul qilindi