Янгиликлар
KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLAR YUZASIDAN NAVBATDAGI TARG'IBOT TASHVIQOT TADBIRI
Ma'lumki, ayni kunlarda mamlakatimizda katta bir siyosiy jarayon - Konstitutsiyaga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish jarayoni amalga oshirilmoqda. G'uzor tumani "Jarariq" mahalla fuqarolar yig'inida tuman adliya bo'limi va yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan fuqarolarga Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgartirishlar va referendum oid qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan targ'ibot tadbirlari tashkil etildi.

"O'zbekiston Respublikasi Kosntitutsiyasiga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risida"gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi xalq muhokamasiga qo'yilgan bo'lib, ko'plab yurtdoshlarimizdan Konstitutsiyamizni takomillashtirsh bo'yicha minglab takliflar kelib tushmoqda.

Tadbirda fuqarolar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar va huquqiy tushunchalar berildi.
