Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Shukronalik


Hayot yo'li har doim ham bir tekisda ravon, baxtli va quvonchli kechavermaydi. Bu yo'lda ba'zan o'nqir-cho'nqirlar boshlanib qolishi, kishi turli qiyinchiliklarga, muammolarga ro'baro' kelishi ham mumkin. Ana shunday vaziyatlarda sabrli bo'lib, aql bilan ish ko'rgan kishigina muammolarni tez va oson yengib o'tishi mumkin.

Asli Toshkent viloyatining Bekobod tumanidan bo'lgan Sevara Karimovaning hayot yo'li ham ana shunday murakkabliklarga ega. U bundan 35 yil avval taqdir taqozasi ila Bekoboddan Qarshi shahriga kelin bo'lib kelgandi. Boshida hammasi yaxshi kechdi, turmush o'rtog'i bilan ahil-inoq yashadi. Birin-ketin sakkiz farzandni voyaga yetkazib, elga qo'shishdi. Ammo yoshi bir joyga borib, endi farzandlar, nevaralar rohatini ko'raman, degan bir vaqtida oilasida muammolar boshlandi. Avvaliga turmush o'rtog'i boshqa bir ayolga uylanib, uni uydan haydadi. Farzandlar ham o'zlari bilan o'zlari bo'lishib, kerak paytda onaga tirgak bo'la olishmadi. Natijada ayol bir o'zi yolg'iz, uysiz, joysiz qolib ketdi. 

- Oilam, farzandlarim meni yolg'izlatib qo'yganidan juda qattiq tushkunlikka tushib qolgan edim, - deydi u o'sha og'ir kunlarni xotirlar ekan. – Lekin ana shunday qiyin vaziyatda davlatimizning qo'llovini his etib turdim. Bu menga kurashish, muammolarni yengib o'tish uchun kuch, ishonch bag'ishladi. Dastlab mahalla ko'magi bilan boshpanalik bo'ldim. Nafaqaga chiqish uchun hujjatlarni to'g'rilash harakatini boshladim.

    Ta'kidlash joiz,  oilaviy janjallar davomida Sevara Karimovaning barcha hujjatlari yo'qolib ketgan ekan. Qarshi shahar FHDYO bulimi harakati bilan Bekobod shahar FHDYO idorasi arxividan uning tug'ilganlik haqidagi guvohnoamasi nusxasi olinib, shu asosda barcha hujjatldari rasmiylashtirib berildi. Natijada ayolning hayoti asta-sekin izga tushmoqda. U esa davlatimiz tomonidan hech bir fuqaro o'z holiga tashlab qo'yilmasligi, “Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun” degan tamoyilning amaldagi ifodasini ko'rayotganligidan mamnunligini yashirmaydi.

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi