Янгиликлар
Yuridik xizmat bo'yicha o'quv seminar o'tkazild
Mirishkor tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 - martdagi PQ-173-son “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati bo'yicha o'quv seminar bo'lib o'tdi.

Shuningdek, 2022 yil 1 avgustdan boshlab Markazlar tomonidan bosqichma-bosqich Respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlari ya’ni, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, qishloq xo‘jaligi bo‘limi, turizm va madaniy meros bo‘limi, sportni rivojlantirish bo‘limi, oila va xotin-qizlar bo‘limi, davlat soliq inspeksiyasi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash ko‘rsatilganligi, kelgusida ushbu tashkilotlar bilan qay tartibda faoliyat olib borilishi to‘g‘risida ma’lumotlar aholiga yetkazildi.
