Янгиликлар
15
Tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanish maʼmuriy javobgarlikka sabab boʼladi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo'limi tomonidan Shahrisabz shahrida o'zganing xizmat ko'rsatish belgisidan qonunga hilof ravishda foydalanish yuzasidan profilaktik-kuzatuv tadbiri o'tkazildi.
Xususan mazkur jarayonda "Shadozi" hamda "Soliha" xizmat ko'rsatish belgilardan qonunga xilof ravishda foydalanilayotganligi aniqlandi.
Unutmang! O'zganing tovar yoki xizmat ko'rsatish belgisidan qonunga hilof ravishda (ruhsatsiz) foydalanish huquqbuzarlik hisoblanadi va qonunda belgilangan javobgarlik choralarini keltirib chiqaradi.
Tovar yoki xizmat belgisi BIRINCHI BO‘LIB HUJJAT TOPSHIRGAN yuridik va jismoniy shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.
"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.