Янгиликлар
14
KOSONDA 3 EGIZAK TUG'ILDI
Joriy yilning 8 iyul kuni Qashqadaryo viloyat perinatal markazida 3 egizak dunyoga keldi.
Koson tumanining “Guvalak” mahallasida yashovchi 26 yoshli Elsariyeva Ug'iloy birvarakayiga 3 egizak farzandlarni dunyoga keltirdi. Egizaklarning tug'ilishi 8 iyul kuni soat 7:30 da Koson tuman FHDY bo'limi tomonidan qayd qilinib, tug'ilganlik guvohnomalari topshirildi.
Ta'kidlanishicha, tug'ruq tabiiy yo'l asosida, asoratsiz o'tkazilgan. Egizaklarning kattasi 1.200 kilogramm, ikkinchisi 2,260 kilogramm va uchinchisi 1.130 kilogramm vazn bilan tug'ilgan bo'lib, ularga Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari qo'yilgan.
Oila vakillari ayni paytda go'daklarning ahvoli yaxshiligini, ona va bolalar hali ham viloyat perinatal markazida shifokorlar nazorati ostida ekanligini ma'lum qilishdi.
Malumot o'rnida: 2022 yilning 6 oyi davomida Koson tumanida 3421 ta chaqaloq dunyoga kelgan. Shundan 1746 tasi o'gil bola, 1675 ta qiz bolaga to'g'ri keladi.