Янгиликлар
13
O'zimiz keldik
Markazdan 20 km uzoqlikda joylashgan hududda sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Yakkabog' tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan markazdan 20 km uzoqlikda joylashgan “To'qboy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida sayyor xizmat ko‘rsatildi.
Jumladan, bolalarni maktabgacha taʼlim muassasiga joylashtirish, kadastr pasportini shakllantirish, yoshga doir nafaqaga chiqish bo‘yicha arizalar qabul qilindi.
Shuningdek, fuqarolarga ID-karta va xorijga chiqish pasportlari DXMda rasmiylashtirilayotganligi, my.gov.uz saytidan foydalanish bo‘yicha huquqiy tushunchalar berildi. 27 ta fuqaroga ERI katlitlari shu yerning o'zida olib berildi.