Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyunda O‘RQ-sonli “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.


Mazkur Qonunga  koʻra Jinoyat kodeksiga  oʻzgartish kiritildi, insonni undan aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlaganlik uchun javobgarlik belgilandi

Bu qilmish ogʻirlashtiruvchi holatlarda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Inson aʼzolarining va (yoki) toʻqimalarining oldi-sotdisi bilan shugʻullanganlik, shuningdek ularni Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqib ketganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi.

Inson aʼzolarining va (yoki) toʻqimalarining oldi-sotdisi 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yildan 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum etib, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mazkur jinoyatlar bilan bogʻliq dastlabki tergov ichki ishlar organlari tomonidan olib boriladi.