Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida


Mirishkor tuman adliya bo‘limi boshlig‘i S.Karabayev tomonidan 2022-yil 07-iyul kuni Mirishkor tumanida adliya bo’lim tomonidan tuman maktab direktorlari ishtirokida "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi “Referendum toʻgʻrisida”gi qonunlarining mazmun-moxiyatini yetkazish maqsadida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Mirishkor tuman adliya bo‘limi boshlig‘i va tuman maktab direktorlari va boshqalar ishtirok etdi.

Referendum qarorlariga muvofiq “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilingan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga tegishli o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish uchun asos hisoblanadi.


Bayon etilganlardan kelib chiqib Konstitutsiyaning tegishli bob va moddalari quyidagi tahrirda qabul qilinadi:

“XVIII bob. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

76-modda. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati — besh yil.

77-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘p partiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bo‘lib, Senat a’zolaridan (senatorlardan) iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti kishidan saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.