Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Noreal qarzdorlik bekor bo'ldi


Fuqaro SH.Muhammadiyev  Qarshi tuman "Naviy" mahalla fuqarolar yig'inida Mustaqillik ko'chasida istiqomat qiladi.“Suv ta’minot” MChJ Qarshi tuman filiali xodimlari tomonidan 2022-yil 18-aprel kunida fuqaroning yashab kelayotgan xonadoniga suv hisoblash uskunasini o‘rnatib plombalab dalolatnoma tuzilganligi, 2022-yil 13-iyun kuni “Suvta’minot” sayti orqali  1022401347-hisob raqamiga 396 133 so‘m qarzdorlik mavjudligi haqida xabarnoma kelganligini aytishadi. Lekin fuqaro hisoblagich bo‘yicha bu qarzdorlik mavjud emasligidan norozi bo‘lib tuman adliya bo'limiga murojaat qiladi.

        Tuman adliya bo‘limining 2022-yil 14-iyundagi 27-16-3/252-sonli talabnomasi asosida “Suv ta’minot“ MChJ Qarshi tuman filiali mas’ul xodimlari tomonidan Sh.Muxammadievning xonadoniga borib o‘rganilganida 2021-yil aprel oyida suv quvuri tortilgan bo‘lib, Davlat xizmatlari markazi tomonidan muhirlash uchun berilgan arizasiga asosan filial metrologiiya mutaxassisi xonadonidagi suv o‘lchash asbobini muhirlab “Billing” bazaga kiritganligini, hozirgi kunda suv o‘lchash asbobi orqali to‘lovni amalga oshirayotganligi, o‘rganish natijasiga ko‘ra Sh.Muxammadievga chiqarilgan noreal qarzdorlik summasini “Qashqadaryo suv ta’minot” MChJning abonent bo‘limi xodimlari tomonidan hisobdan chiqarish choralari ko‘rildi.

Shundan so'ng, Sh.Muxammadievning murojaati mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqilib qanoatlantirildi.

       

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi