Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida.


Kun tartibidagi masala yuzasidan yig‘ilishni raislik etuvchi Qarshi tuman Madaniyat bo‘limi rahbari N.G`aniyeva kirish so‘zi bilan ochdi va kun tartibidagi masalalarni o‘qib eshittirdi.

Kun tartibdagi masalalar yuzasidan Qarshi tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti J.Shukurillayev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish va “Referendum nima?” hamda referendum o‘tkazish tartiblari to‘g‘risida tushuntirish berdi.



Ma’lumki 1992-yil 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan bo‘lib, Konstitutsiya qabul qilinganligiga 30 yildan oshiq vaqt o‘tib, Konstitutsiyaning ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish talab qilinmoqda.

Shu sababli Respublikamizda Konsitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish komissiyasi tuzilgan bo‘lib, Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha minglab takliflar kiritildi. Takliflar umumlashtirilib, Konstitutsiyaning Muqaddima hamda 59-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, 6 ta moddani yangidan qabul qilish lozim deb topilib, umumxalq muhokamasiga quyildi.

Qayd etish joizki, Respublikamiz Konstitutsiyasida inson huquq va erkinliklari yuqori ustunga quyilgan bo‘lib, Konstitutsiyaning 13-moddasida inson huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish davlatimizning majburiyati ekanligi, yuzaga keladigan va bartaraf etib bo‘lmaydigan noaniqlik hamda qarama qarshiliklarning inson foydasiga talqin etishligi ta’kidlandi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganidan so‘ng Respublikamizda o‘lim jazosi bekor qilindi hamda bunday jazo umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosiga almashtirilganligi bois Konstitutsiyamizning 13-moddasiga yashash huquqi insonning uzviy huquqi bo‘lib, o‘lim jazosi tayinlanishi mumkin emasligi belgilandi.

Fuqarolarning eng asosiy huquqlaridan biri bo‘lib, ularning asossiz ravishda ushlanishi hamda hibsga olshinishi, javobgarlikka tortilishi mumkin emasligi, jinoyatni sodir etishda gumonlangan fuqaroning 48 soatdan oshiq muddatda ushlab turilishi mumkin emasligi belgilab quyildi.

Qarshi tuman adliya bo`limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan targ'ibot-tashviqot tadbirlari muntazam davom ettirilmoqda.