Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

G'uzor tuman adliya bo'limi va YXKM xodimlari tomonidan Referendum bo'yicha navbatdagi targ'ibot tadbiri tuman Irrigatsiya bo'limida o`tkazildi.


Referendum - O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir.


Shu munosabat bilan, G'uzor tuman adliya bo'limi va yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan referendum jarayonlarida har bir fuqaroning shaxsan oʻzi ishtirok etishi orqali oʻz siyosiy irodasini namoyon qilishini targʻib qilish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ularning huquqiy bilimlarini yuksaltirish yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.


Joriy yilning 05-iyul kuni G'uzor tuman irrigatsiya bo'limi xodimlari o'rtasida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi doirasida targʻibot ishlari olib borildi.

Konstitutsiyaga oʻzgartishlar "inson-jamiyat-davlat" prinsipiga asoslangan boʻlib, kiritilayotgan oʻzgartishlarda oila institutini mustahkamlashga ham alohida eʼtibor qaratilgan.

 - nikoh ayollar hamda erkaklarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanishi;

- davlat oilani toʻlaqonli rivojlantirish uchun zarur boʻlgan ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratishi, koʻp bolali oilalarga imtiyozlar hamda ijtimoiy kafolatlar berilishini taʼminlashi;

- bola manfaatlari, bolalarning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan toʻlaqonli rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishi ekanligi konstitutsiyaviy mustahkamlanmoqda.

Targ'ibot tadbirida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga xodimlar tomonidan batafsil javoblar berildi.