Янгиликлар
MAHALLA + FUQARO tamoyili asosida murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
Ba'zi hollarda, moliyaviy qiyinchilik, e'tiborsizlik, ota-onaning hujjatlari (pasport, nikoh guvohnomasi)ning mavjud emasligi va x.k sabablar tufayli tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma vaqtida olinmaydi. Bu holat kelgusida bir qancha nuammolarga sabab b'o'lishi mumkin.
Shunday muammolarni vaqtida aniqlab hal qilish maqsadida Koson tumanida "mahalla + fuqaro" tamoyili ostida aholining ichiga kirib, xonadonma -xonadon o'rganish hamda sayyor qabullar natijasida fuqarolarning muammolari o'rganilmoqda.
Koson tuman "Beshqo'tan" MFY da istiqomat qiluvchi Turdiqulovlar oilasining 2016 yil va 2017 yilda tug'ilgan farzandlarining guvohnomasi yo'qligi sayyor qabullar jarayonida aniqlanib, fuqarolardan arizalar olindi va bolalariga muddati o'tib tug'ilganlik guvohnomasi topshirildi.
Ma'lumot o'rnida: Joriy yilning shu kuniga qadar Koson tuman FHDY bo'limi tomonidan 130 nafar bolaga muddati o'tib, tug'ilganlik to'g'risida guvohnoma qayd etilgan bo'lsa, 84 ta dan ortiq fuqarolarning nikohi muddati o'tib qayd etilgan.
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi