Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Chandirda 5 nafar fuqaroning ish haqqi to'lab berildi


  Mirishkor tuman adliya bo’limiga tumandagi Chandir MFY da yashovchi fuqaro N.Umarov ariza bilan bilan murojaat qilib, murojaatida Mirishkor tumani Suv isteʼmolchilari uyushmasida ishlab kelayotganligini, lekin unga ish haqlari o’z vaqtida to’lab berilmayotganligidan noroziligini bildirgan.

Aniqlanishicha, Mirishkor tumani Suv isteʼmolchilari uyushmasi tomonidan fuqaroga 01.04.2022-yil holatiga 14 037 782 (oʻn toʻrt million oʻttiz yetti ming yetti yuz sakson ikki) soʻm miqdorida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik toʻlanmagan.

Shunga ko‘ra, tuman adliya bo’limi tomonidan Mirishkor tumani Suv isteʼmolchilari uyushmasi hisobidan fuqaro N.Umarov foydasiga 14 037 782 so‘m ish haqidan qarzdorligini undirish haqida sud buyrug‘i chiqarildi. Shundan so'ng Fuqarolik ishlari bo'yicha Kasbi tumanlararo sudiga arizasi sud tomonidan to’liq qanoatlantirildi.

Joriy yilning may oylarida jami 5 nafar Mirishkor tumani "Suv isteʼmolchilari uyushmasi" xodimlari ariza bilan murojaat qilingan bo’lib, ularning foydasiga jami

56 947 126 so’m ish haqini undirish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo'yicha Kasbi tuman sudining buyruqlari chiqarilgan.

  

Jamoatchiklik bilan aloqalar bo'limi