Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma o‘z vaqtida olinmagan hollarda nima qilish kerak?


Ba'zi hollarda, moliyaviy qiyinchilik, e'tiborsizlik, ota-onaning hujjatlari (pasport, nikoh guvohnomasi)ning mavjud emasligi va x.k sabablar tufayli tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma vaqtida olinmaydi. Bu holat kelgusida bola uchun nafaqa olishda, fuqarolikni belgilashda, uni bog‘chaga, maktabga berishda muammolar, ovoragarchiliklarga sabab bo‘ladi.


Xo‘sh bunday holatda nima qilish kerak?

1-holat bola tug‘ruqxonada tug‘ilgan bo‘lsa.
Bunda, ota-ona yashayotgan yoki bola tug‘ilgan joydagi FHDY organiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berish lozim:

• ota-onaning pasporti;

• bolaning tug‘ilganligi haqida ma'lumotnoma yoki ID kodi so‘ralgan kuni tug‘ruqxona tomonidan taqdim etiladi);

• bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida ma'lumotnoma (poliklinikadan olinadi);• bolaning ta'lim olayotganligi to‘g‘risida ma'lumotnoma (agar o‘qiyotgan bo‘lsa);• bola tug‘ilgan joydagi FHDY arxividan ushbu bolaga nisbatan tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi to‘g‘risida ma'lumotnoma.

2-holat bola uyda tug‘ilgan bo‘lsa
Bunda, ota-ona yashayotgan yoki bola tug‘ilgan joydagi FHDY organiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berish lozim:

• ota-onaning pasporti;

•tug'ruqxonalardan tashqari joylarda va tibbiy yordamsiz tug'ilgan bolaning tug'ilganligini qayd etish uchastka shifokori (fildsher yoki akusher) tomonidan berilgan ma'lumotnoma asosida amalga oshiriladi.

Bunday holatlarda bolaning ushbu onadan tug'ilganligiga guvoh bo'lganlar ishtirokida tuzilgan va uchastka shifokori (feldsher yoki akusher)tasdiqlagan dalolatnoma tibbiy ma'lumotnoma berish uchun asos hisoblanadi.

• tibbiy ma'lumotnoma bola tug'ilganligi tug'risidagi dalolatnoma yozuvi bilan birga tikib qo'yiladi.

• bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida ma'lumotnoma (poliklinikadan olinadi);

• bolaning ta'lim olayotganligi to‘g‘risida ma'lumotnoma (agar o‘qiyotgan bo‘lsa);

• bola tug‘ilgan joydagi FHDY arxividan ushbu bolaga nisbatan tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi to‘g‘risida ma'lumotnoma.

Agar bolaning ushbu onadan tug‘ilganligiga guvoh bo‘lganlar ishtirokida tuzilgan va uchastka shifokori (feldsher yoki akusher) tasdiqla

an dalolatnoma tuzilmagan bo‘lsa, but

hollarda bolaning aynan shu onadan tug‘ilganligi fakti fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan belgilanadi.

      Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma barcha hujjatlar to‘liq taqdim etilgan kuni beriladi. Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma berilganligi uchun 45 000 so‘m miqdorida yig‘im undiriladi.

- Mana shunday muammolarni vaqtida aniqlab hal qilish maqsadida Koson tumanida "mahalla + fuqaro" tamoyili ostida aholining ichiga kirib, xonadonma -xonadon o'rganish hamda sayyor qabullar natijasida fuqarolarning muammolari o'rganilmoqda. Joriy yilning shu kuniga qadar Koson tuman FHDY bo'limi tomonidan 130 nafar bolaga muddati o'tib, tug'ilganlik to'g'risida guvohnoma qayd etilgan bo'lsa, 84 ta dan ortiq fuqarolarning diniy rasm - rusumlarga binoan nikohi rasmiylashtirib berildi.



Koson tuman FHDY mudirasi Nasiba Umarova