Янгиликлар
30
QASHQADARYO TADBIRKORLARI ADLIYA E'TIBORIDA
Mamlakatda iqtisodiyot tarmoqlariga intellektual faoliyat natijalari va innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish, mintaqaviy brendlarni yaratish, kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish, intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini taʼminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, intellektual mulk obʼektlarini huquqiy himoya qilish, sohada sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga oʻz vaqtida chora koʻrish, mualliflarning va boshqa ijodkorlarning moddiy manfaatdorligini oshirish, xorijiy kompaniyalarning intellektual mulkka boʻlgan huquqlarini himoya qilish kabi yoʻnalishlarda bir qator masalalar hali hamon dolzarb.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirini oʻrinbosari Abdusattarov To'lqin Sayfullayevich Qashqadaryo viloyatida boʻlib, intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab, Qarshi shahar hududida joylashgan yirik eksport salohiyatiga ega “Qarshi Radiator” qo'shma korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shundan soʻng, Qarshi shahri joylashgan "UZShOES"qo'shma korxonasi va "Sultan tex group" mas'uliyati cheklangan jamiyat binosida bo'lib, tadbirkorlarga tovar va xizmat ko'rsatish belgilari, mahalliy va halqaro brendlarni yaratish yuzasidan oʻz tavsiyalarini berdi. Davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʻxtalib oʻtdi.