Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Davlat xizmatlari markazidagi eng so’ngi o’zgarishlar haqida bilasizmi?


Respublikada davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon bilan birga, aholiga davlat xizmatlarini qulay va oson shakllarda ko‘rsatish ko‘lamini oshirish va fuqarolarning idorama-idora sarson bo‘lib yurishining oldini olish, davlat organlari axborot tizimida mavjud ma’lumotlarni ishonchli himoya qilish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarurligi belgilab berildi. Jumladan:

2022-yil 1-avgustdan boshlab:

-davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo‘shimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi (keyingi o‘rinlarda — Mobil-ID tizimi) joriy etish;

-“Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqaro e’tibor markazida” (Citizen — centric service) tamoyili asosida davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini modernizatsiya qilish;

-Markazlar faoliyatida qo‘llanilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlarini kengaytirish, aholining elektron davlat xizmatlaridan foydalanish darajasini keskin oshirish hamda ish yuritishni “qog‘ozsiz” tamoyil asosida olib borish;

-biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullari (Business Process Reengineering) asosida har bir davlat xizmatini maqbullashtirish, shu jumladan muddatlar va talab etiladigan hujjatlar sonini maksimal darajada qisqartirish orqali “birdarcha” tamoyilini amaliyotga to‘liq tatbiq etish;

-ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik rivojlanishning joriy holati, aholi va tadbirkorlik subyektlarining ehtiyoji va talablaridan kelib chiqib davlat xizmatlarining yangi turlarini yo‘lga qo‘yish hamda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan davlat xizmatlarini birlashtirish yoki bekor qilish;

-jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda inklyuziv muhitni yaratish;

-davlat organlarining tashabbusi asosida proaktiv davlat xizmatlari hamda bitta so‘rov bo‘yicha o‘zaro bog‘liq kompozit davlat xizmatlari ko‘rsatish amaliyotini kengaytirish;

-o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish ko‘nikmalarini oshirib borish nazarda tutilgan. 

Shahrisabz tuman Davlat xizmatlari markazi