Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

"Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoni START oldi!


Shu yilning 26-iyun kuni Respublikamizning 8 ta shahrida Yoshlar kuniga bag'ishlab bir vaqtning o'zida yugurish bo'yicha ommaviy marafon  bo'lib o'tdi. Qadimiy va hamisha navqiron Shahrisabz shahrida ham aynan "Yangi nafas" shiori ostida ommaviy yugurish marafoniga Ko'kgumbaz obidasi oldidan start berildi.

Marafonda  Amir Temur haykali yaqiniga qo'yilgan finish chizig'iga birinchilardan bo'lib yetib kelgan yugurish marafoni ishtirokchilariga  faxriy yorliqlar  va   qimmatbaho sovg'alar taqdim etildi.

Ommaviy marafon jarayoni bir vaqtning o'zida TV kanallari va ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayin efirga  uzatildi.