Янгиликлар
25
HUDUDLARDA SAYYOR QABULLAR
Koson tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘lmilari tomonidan tumanning olis hududlaridan biri “Jizzali” mahalla fuqarolar yig‘inidagi sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi.
Aholiga id.gov.uz va my.gov.uz portallaridan foydalanish, jismoniy shaxslar uchun soliq to‘lovchining identifikatsion raqamini (STIR) olish, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish, suv tarmog‘iga ulanish, farzandlarini davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilish uchun yo‘llanma berish kabi davlat xizmatlaridan uyidan chiqmagan holda foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish borasida huquqiy maʼlumotlar berildi.
Davlat xizmatlari sohasidagi va qonunchilikdagi yangiliklar ham targ‘ib qilindi. Tuģilganganlik guvohnomasini vaqtida olmagan fuqarolarga tuman FHDY bo'limi tomonidan guvohnomalar topshirildi.