Янгиликлар
25
ADLIYA HUDUDLARDA
Sayyor qabulda 2 ta oilaning nikohi rasmiylashtirildi.
Qarshi tumani “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan navbatdagi sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuvda Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi, tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘lmilaridan vakillar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida aholining qiynayotgan muammolariga huquqiy yechim topish, ijtimoiy yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish, davlat xizmatlari bilan bog‘liq ehtiyojlari o‘rganish, xizmatlardan onlayn foydalanish borasida so‘z yuritildi. Shu yerning o‘zida Qulbulovlar va Narzullayevlar oilasiga nikoh guvohnomasi sayyor tartibda topshirildi.