Янгиликлар
23
MATBUOT ANJUMANI
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshliģi hamda mas’ullari ishtirokida "Adliya sohasida o‘zgarishlar va sohadagi yangiliklar" ga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Tadbirda Davlat rahbarining adliya tizimida ma'muriy islohotni amalga oshirishga qaratilgan “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash hamda huquqiy xizmat ko'rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora - tadbirlari to'g'risida"gi Farmonning mazmun mohiyati tushuntirib o'tildi .
Anjumanda shuningdek, FHDY sohasi, davlat xizmatlari koʻrsatishda yoʻl qoʻyilayotgan qonunbuzilish holatlari, talab yuqori bo‘lgan xizmatlar, joriy etilayotgan yangi xizmatlar va boshqarma tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.