Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

“Sport targ‘ibotchisi”ning ustamasi to'lab berildi


Chiroqchi tuman "Guliston" mahallasida yashovchi M.Abdualimov asl kasbi o'qituvchi. Unga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifa yuklatilganligi bois 20 foiz ustama lavozim maoshiga qo‘shilishi lozim bo‘lsada, joriy yilning 5 oyidan buyon 20 foiz qo‘shimcha ustama to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib tuman Adliya bo'limiga murojaat qiladi. O'tkazilgan tekshirish natijalaridan so'ng, ushbu ustamalarni undirib berish haqida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudiga ariza kiritilib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudining 03.06.2022-yildagi sud buyrug‘iga ko‘ra qarzdor Chiroqchi tuman Xalq ta’limi bo‘limi hisobidan fuqaro M.Abdualimov foydasiga 3 059 841 so‘m undirish belgilandi.

Ma'lumot o'rnida:“Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoniga ko‘ra 2021 yil 1 yanvardan:

- barcha davlat organlari va tashkilotlarida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasi yuklanadi va uning bazaviy lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustama qo‘shiladi.