Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Sayyor davlat xizmatlari


 “O‘zimiz keldik” loyihasi doirasida Muborak tuman  adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi tomonidan  aholining yashab turgan manziliga borgan holda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. 
Navbatdagi manzil tuman markazidan ancha olisda joylashgan “Geolog” mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘ldi. 

Aholiga id.gov.uz va my.gov.uz portallari orqali davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish bo‘yicha huquqiy tushunchalar berilib sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. 

Shuningdek, davlat xizmatlari sohasidagi yangiliklar, fuqarolarni tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori haqida tushunchalar berildi.