Янгиликлар
21
Xorijga chiqish biometrik pasportini YaIDXP (https://my.gov.uz/uz) va DXM orqali berish toʼliq joriy qilinadi.
“Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligiga xorijga chiqish biometrik pasportini berishga doir davlat xizmati koʼrsatish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ–282-son, 16.06.2022 y.) qabul qilindi
Qarorga koʼra, Oʼzbekistonning chet davlatlardagi konsullik muassasasida konsullik roʼyxatida turuvchi Oʼzbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga oid davlat xizmatlarini koʼrsatish uchun biometrik pasportni rasmiylashtirish va berish tizimi quyidagi axborot tizimlariga integratsiya qilinadi:
“FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga – nikoh va oila aʼzolari, vafot etganlik, yolgʼiz ona yoki yolgʼiz ota haqidagi maʼlumotlarni olish uchun;
“Notarius” axborot tizimiga – vasiylar va ota-onalarning roziligini, hamrohlik qiluvchi shaxsning majburiyatini tekshirish uchun;
“Tezkor maʼlumotlar” axborot tizimiga – sudlanganlik, maʼmuriy nazoratda turganlik, shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʼliq boʼlmagan va shartli hukm qoʼllanilganlik, jinoyat ishi qoʼzgʼatilganlik holatlarini tekshirish uchun;
“Manzil” axborot tizimiga – ota-onadan birining Oʼzbekiston hududidagi doimiy yashash joyi boʼyicha roʼyxati xorijga doimiy yashashga ketganligi munosabati bilan bekor qilinganligini tekshirish uchun;
“Yagona milliy mehnat tizimi” axborot tizimiga – oxirgi 5 yilda ishlagan joyi haqidagi maʼlumotlarni olish uchun;
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga – ushbu axborot tizimida roʼyxatga olingan shaxslar toifasiga aniqlik kiritish uchun;
“TIEK” axborot tizimiga – I va II guruh nogironligi boʼlgan shaxslar toifasiga aniqlik kiritish uchun.
2022 yil 1 avgustgacha davlat xizmati YaIDXP (https://my.gov.uz/uz) va Davlat xizmatlari markazlari orqali koʼrsatililishi amaliyotga toʼliq joriy qilinadi.
YaIDXPda davlat xizmatlari koʼrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʼrib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etiladi.
Shuningdek, davlat xizmatlari koʼrsatilganligi uchun toʼlangan davlat boji summasi hisobini yurituvchi yagona billing tizimi orqali elektron toʼlanishi imkoniyati yaratiladi.