
Shahrisabz shahrining "Bo'ston" MFY da joylashgan "Beruniy" oromgohida viloyat hokimi boshchiligida barcha viloyat sektor rahbarlari hamda viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i va Shahrisabz shahar adliya bo'limi xodimlari ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tdi. Qabulda ishtirok etgan fuqarolarning murojaatlari va ularni qiziqtirgan savollari tinglanib, joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko'tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo'yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda o'tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda. Zero, Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.
Shu ma'noda,Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan olis tog'li hududlar hamda maxallalarda sayyor qabullar o'tkazib kelinmoqda.
Shundan o'tkazilgan sayyor qabullar natijasida kelib tushgan murojaatlar ularning tahlili quyidagilardan iborat.
Jumladan, 2 209 ta murojaatlar qabul qilinib, 1 588 tasi qanoatlantirildi. O'tkazilgan sayyor qabullar natijalari ommaviy axborot vositalari va ijtiomiy tarmoqlar orqali keng yoritilib borildi.
Jami qanoatlantirilgan murojaatlar bo'yicha 605 ta 8 mlrd. 030 mln. so'mlik da'vo arizasi, 83 ta taqdimnoma, 7 ta ma'muriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif kiritilgan bo'lib, natijasiga ko'ra 6 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo'llanilgan, 5 nafar shaxs маъмурий жавобгарликка тортилган, 5 та ҳужжат бекор қилинган, таъсир чоралари натижасида 5 млрд. 750 млн. сўмлик маблағ ундирилиши белгиланган.
Sayyor qabullar jarayonida Yakkabog' tumanidagi 7-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti bir guruh xodimlarining bepul tibbiy ko'rikdan o'tkazilmayotganligidan noroziligi to'g'risidagi murojaati o'rganildi.
O'rganish natijasiga ko'ra, Qarshi tumanlararo ma'muriy sudiga shikoyat arizasi kiritilib, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining YAkkabog' tuman bo'limiga davlat maktabgacha ta'lim tashkilotning 42 nafar xodimlarini bepul tibbiy ko'rikdan o'tkazish majburiyati yuklatildi buning natijasida ushbu fuqarolarning mablag'lari va vaqtlari tejalishiga olib keldi.
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi