Янгиликлар
15
AYOL HOMILADOR BOʻLSA, ER AJRIM HAQIDA ISH QOʻZGʻATA OLADIMI?
SAVOL.
Assalomu-alaykum, agar ayol homilador boʻlsa, sud er va xotinni ajratmaydi, erni talablari eʼtiborga olinmaydi deyishyapti, shu toʻgʻrimi?
JAVOB.
Qonunchilikda erni ajrashish haqidagi talablarini man etadigan holatlar bor.
Oila kodeksining 39-moddasiga asosan:
xotinining homiladorlik vaqtida va bola tugʻilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishga haqli emas.
Demak, agar xotini homilador boʻlsa yoki farzand 1 yoshga toʻlmagan boʻlsa, bunday holatlarda xotin qarshi boʻladigan boʻlsa er ajrashish haqida ish qoʻzgʻata olmaydi.