Янгиликлар
Bir murojaat izidan
Sir emaski, keyingi yillarda Inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatida ham Inson manfaatlari ustuvorlik qilib, fuqarlarning hayotdan rozi bo‘lib yashashlari yo‘lida barcha shart-sharoitlar muhayyo etilayotir.

Kasbi tuman Qoraqo'ng'irot mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi Abdukarimova Nazokat Momo noturar joy binosini turar joyga o'tkazib berish va yer ajratish to'g'risidagi xokim qarorini topib berilishida amaliy yordam so'rab murojaat qilmagan joyi qolmadi. Mana 5 yildirki bugungacha muammo yechimini topmasdan kelayotgan edi. Joriy yilning 24 may kuni fuqaro Davlat xizmatlari markaziga murojatidan so'ng ,tegishli mutaxassislar ishtirokida atroflicha o'rganilib, muammo o'z yechimini topdi.

-5 yildan beri sarsonman,kirmagan eshigim qolmadi.Nabiralarim uchun yaxshi sharoit qilib beraman deb ko'p joylarga murojaat qildim.
-Bugun Davlat xizmatlari xodimlaridan minnatdorman endi muammo qolmadi " -deydi: Nazokat momo.