Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

20 nafar rus tili o'qituvchisining muammosi ijobiy hal etildi.


     2021/2022 o‘quv yilidan boshlab ta’lim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab borilishi belgilangan edi.

   Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limi tomonidan 2021-yil 1-sentabrdan boshlab maktablarning xalqaro tan olingan (S-1 darajadagi) sertifikatga ega bo‘lgan rus tili fani o‘qituvilarining bazaviy lavozim maoshiga to‘lash joriy etilgan 50 foizlik ustama haqi hisoblanganligi, biroq to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

  Adliya aralashuvi bilan mazkur holat yuzasidan 20 ta rus-tili o'qituvchilarini murojaatlari olinib sudga ariza kiritildi va sud buyrug'i chiqartirilib ijroga qaratildi.