Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Sayyor xizmatlar


Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.  

  Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi, G'uzor tuman adliya bo'limi, tuman Davlat xizmatlari markazi  va tuman FHDY bo'limi boshliqlari ishtirokida “Xo'jaguzar” MFYda sayyor qabul o'tkazildi. 

   Sayyor qabulga 98 nafar fuqarolar ishtirok etishdi, ularga qonunlar, farmon va qarorlar mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, ular tomonidan berilgan savollar bo'yicha huquqiy maslahatlar berildi.

   Sayyor qabul jarayonida 21 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirish berilib, joyiga hal qilish imkoni bo'lmagan 4 nafar fuqaroning murojaatlari bo'lim ish yurituviga olindi.