Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Inson qadri ulug' mavzusida yoshlar bilan davra suhbat


Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida 1- iyun kunida Qarshi davlat universiteti o‘qituvchilari, talaba-yoshlar, Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi Targ'ibot bo'lim boshlig'i N.Sattorova hamda Qashqadaryo viloyati “Yurt tarovati” gazetasi bosh muharriri N.Ibragimova ishtirokida “Inson qadri- ulug‘” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.


Ushbu davra suhbatida N. Sattorova “Yurt tarovati” gazetasining har bir sahifasi va unda yoritilayotgan huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda ijtimoiy-ommabop mavzulardagi maqolalar haqida gapirib o‘tdi. Shuningdek, ushbu gazeta sahifalarida yoritilayotgan har bir maqolada inson qadrini ulug‘lash hamda manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ruknlar o‘rin olganligini alohida ta'kidladi.


Suhbat jarayonida Qarshi davlat universiteti talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir davomida yoshlarga berilayotgan imtiyozlar,korrupsiyaga qarshi kurashish,huquqbuzarlik profilaktikasi, adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va boshqalar hususida ma'lumotlar berildi.Davra suhbati yakunida Qarshi davlat universiteti o‘qituvchisi, dotsent R.Jumayev davra suhbatini tashkillashtirgan mas’ullarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.