Янгиликлар
33 NAFAR KUTUBXONACHIGA 64 MILLION SO‘MDAN ORTIQ MABLAGʻ UNDIRIB BERILADIGAN BO‘LDI
Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kutubxona mudirlari hamda kutubxonachilariga oylik ustama haqlarining to‘lanishi holati o‘rganildi.
Ta’kidlash joiz, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 sentyabrdagi tegishli qarorining 1-ilova 23-bandida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kutubxonachilariga oylik ish haqining 10,6 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanishi belgilangan. Biroq, o‘rganish davomida hududdagi 23 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 33 nafar kutubxona mudirlari va kutubxonachilariga Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilangan qo‘shimcha haq to‘lanmasdan kelinayotgani aniqlanib, to‘plangan hujjatlar Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudiga o‘tkazildi.
Ayni vaqtda ushbu ish bo‘yicha sud buyrug‘i chiqarilib, 33 nafar kutubxona mudirlari va kutubxonachilarga to‘lanmay qolgan 64 million so‘mdan ortiq miqdordagi miqdoridagi mablag‘ undiruvga qaratildi.
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi