Янгиликлар
31
Bir murojaat zidan
2003 yilda tug'ilgan Lobar asli Koson tumanida tug'ilgan bo'lib,oilaviy qiyinchiliklar tufayli vaqtida tug'ilganlik guvohnomasini olinmadi.
Hujjati yo'qligi sabab maktabda ham to'liq tahsil ololmadi. Balog'atga yetgan qizini onasi hijjatsiz Buxoro shahriga turmushga berib yubordi.
19 yoshli Lobar yaqinda farzandli bo'ladi. Shu sababli qizning onasi Koson tuman FHDY bo'limiga qizining hujjatlarini to'g'rilashda yordam so'rab murojaat qildi.
Koson tuman FHDY bo'limi kerakli hujjatlarni tayyorlagach Buxorolik kelinga tug'ilganlik guvohnomasini taqdim etishdi.
- Yolg'iz ona tartibida tuman FHDY bo'limi xodimlari kerakli ma'lumotlarni elektron tarzda hech qaerga chiqmasdan olib berishdi. mas'ullar yordami bilan 19 yil deganda, kechikib bo'lsa-da farzandimning tug'ilganlik haqidagi guvohnomasini olishga musharraf bo'ldim. Bundan ona-bola juda xursandmiz. -deydi: Gulnora opa