Янгиликлар
31
ADLIYADA BOLALAR KUNI
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida 1 iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Bolalarga bering dunyoni" nomli ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiri o'tkazildi.
Tadbir doirasida teatr tomoshalari hamda "Kim epchil - u, kim chaqqon" tanlovi bo'lib o'tib, unda boshqarmada faoliyat yurituvchi xodimlarning eng kichik oila a'zolari ishtirok etishdi.
Jajji bolakaylar o'zlarining bor mahoratlarini namoyish etishga bel bog'lab, bir-biridan chiroyli she'rlar aytishar ekan, yuzlarida bayram nashidasi aks etib turardi.
Tadbir xususida boshqarma boshlig'i o'rinbosari H.Nasimov shunday deydi:
- Adliya sohasida ishlaydigan xodimlar o'z faoliyati davrida ko'plab aholiga huquqiy yordam berib kelishmoqda. Ularning ishchanlik qobiliyatini yanada oshirish, jamoa ahilligini ta'minlash maqsadida muntazam ravishda bayram tadbirlarini o'tkazib kelamiz. "1 - iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan tashkillashtirilgan bugungi tadbirimiz, xodimlarimizning farzandlari, nevaralari o'rtasida ham do'stona munosabatlar o'rnatilishiga xizmat qilmoqda.
Darhaqiqat sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash davr talabi.
Farzandlarimizning nafaqat jismonan, balki ma'nan va ruhan sog'lom bo'lishlarida bu kabi tadbirlarning ahamiyati katta.
Tadbir so'ngida bolajonlarga bayram sovg'alari topshirildi.