Янгиликлар
4500 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan hududda davlat xizmatlariga ehtiyojlar bor
Qamashi tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan joriy yilning shu kuniga qadar jami 14821 ta davlat xizmatlari koʻrsatilgan.






Qamashi tuman adliya boʻlimi, tuman Davlat xizmatlari markazi, tuman FHYO boʻlimi hamda yuridik markaz xodimlari bilan hamkorlikda olis togʻli hududlardan biri tuman markazidan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan Koʻkbuloq MFY Langar qishlogʻiga aholi murojaatlarini oʻrganish maqsadida tashrif buyurishdi. 4500 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan bu hududda qishloq ahlining davlat xizmatlariga doimo ehtiyojlari bor.
— Mahallamizdagi, ayniqsa, yosh tadbirkorlar markaz xodimlari xizmatidan juda mamnun, — deydi Langar qishlogʻida yashovchi Oysuluv Karimova.— Yaqinda oʻzim ham davlat roʻyxatidan oʻtib, yakka turdagi tadbirkor boʻldim. Ishimni tezda hal qilib berishdi.
Hujjatlarimning hammasi shu yerning oʻzida tayyor boʻldi. Mahallamizda savdo majmuasi tashkil qildim. Faoliyatimni kelgusida yanada kengaytirib, goʻzallik saloni ochish niyatidaman.
Shu kuni 50 nafarga yaqin fuqarolarga huquqiy hamda davlat xizmatlari koʻrsatildi. Aholi 10 ta elektron kalit, 8 ta pensiya maʼlumotnomasi, 2 ta kadastr pasporti, 1 ta MCHJ roʻyxatdan oʻtkazildi. Qolgan fuqarolardan muddati oʻtgan guvohnomalar uchun arizalar olindi, tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan aholiga huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.
Qamashi tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan joriy yilning shu kuniga qadar jami 14821 ta davlat xizmatlari koʻrsatilgan.
Yangi O'zbejiston saytidan olindi.