Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Siz kelmang, o‘zimiz boramiz…


Bugun xalqning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish, qulaylik yaratish va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yangicha tizimi hayotimizning ajralmas qismiga aylanishga ulgurdi. Adliya vazirligining viloyatlardagi boshqarmalari, Davlat xizmatlari markazlari va FHDYo organlari xodimlari odamlarga yaqin bo‘lish, tez, qulay va sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratmoqda. Aholining markazga kelishini kutmay, chekka va olis hududlarda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilayotgani bunga yaqqol misoldir.

Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan “Siz kelmang, o‘zimiz boramiz!” loyihasi doirasida viloyatning olis va chekka hududlariga borgan holda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Bunday xizmatlar orqali aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlar o‘tkazilayotgani, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari joyida o‘rganilayotgani, aholining ariza, shikoyat va takliflarini o‘rganishda e’tiborsizlik, sansalorlik holatlariga barham bermoqda. Bu esa, jamiyatda ijtimoiy adolatni qaror toptirishga xizmat qiladi albatta.
Jumaladan, FHDYo Kasbi tamani bo‘limi tomonidan ham tuman aholisiga sayyor tartibda xizmatlar ko‘rsatib kelinayotganligi tuman aholisini birdek xursand qilmoqda. Birgina Kasbi tumani markazidan 65 kilometr uzoqlikda joylashgan Kasbi tumani Cho‘lquvar qishlog‘ida o‘tkazilgan sayyor xizmatlar davomida, ushbu hududda yashovchi fuqarolar Shodiyev Bobur Shodi o‘g‘li va Sherqulova Xurshida Oynazarovnalarning 2017 yilda tug‘ilgan farzandlariga tug‘ilganlik xaqidagi guvohnoma qayd etib berildi.

—“Aholining og‘irini yengil qilish uchun bu kabi sayyor xizmatlarni tez-tez o‘tkazib borishni rejalashtirganmiz. Bu bilan xalq davlat tashkilotlariga emas, balki davlat tashkilotlari xalqqa xizmat qilishi kerakligini maqsad qilganmiz” –deydi biz bilan suhbatda Kasbi tumani FHDYo bo‘limi 1-toifali inspektori Dilrabo Kurbanova.

Muxtasar aytganda, bu kabi sayyor xizmatlar fuqarolarimizning vaqtini ham, mablag‘ini ham tejalishiga xizmat qiladi. Qolaversa, navbat kutishlarning oldi olinadi. “Siz kelmang, o‘zimiz boramiz!” Mazkur shior fuqarolarning uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qilishga yaqindan ko‘maklashishda davom etadi.

L.Temirov