Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

SHERZOD VA ELDOR ENDI MAKTABGA BORA OLADI


   Kitob tumanida yashovchi Samadov Begzod va Salomova Nargizalar mana bir necha yildirki, nikoh guvohnomasi yo'qligi uchun turli qiyinchiliklarga duch kelayotgan edi. 
 
   Turmush qurayotganda sharoit og'irligi uchun qonuniy nikohdan o'tmagan oila vakillari, ikki farzandiga ham tug'ilganlikni qayd etish guvohnomasi olishga imkon topisha olmadi. Oradan yillar o'tib, bolalar ulg'ayib maktab yoshiga yetganida farzandlarining hujjatlarini to'g'rilashga kirishdi. 

   Dastlab, Kitob tumani Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo'limiga murojaat qildi. Mazkur murojaat batafsil o'rganilib, fuqaroning farzandlariga tug'ilganlik guvohnomasi o'ziga esa nikoh guvohnomasi rasmiylashtirishga kirishildi. Tuman FHDY bòlimi tashabbusi bilan bugun fuqaroning muammolari o'z yechimini topdi. Nikoh va tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar bugun Samadovlar oilasiga topshirildi.