Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Sayyor qabul


Qamashi tuman adliya bo'limi,tuman Davlat xizmatlari markazi, tuman FHDY bo'limi hamda yuridik markaz xodimlari bilan hamkorlikda Qamashi tumanining olis tog'li hududlaridan biri tuman markazidan 50 km uzoqlikda joylashgan Ko'kbuloq MFY Langar qishlog'iga aholi murojaatlarini o'rganish maqsadida  tashrif buyurishdi. 
4500  nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan bu hududda  qishloq aholisining davlat xizmatlariga doimo ehtiyojlari bor.

— Mahallamizdagi, ayniqsa, yosh tadbirkorlar markaz xodimlari xizmatidan juda mamnun, — deydi Langar qishlog'ida yashovchi Oysuluv Karimova.— Yaqinda o'zim ham davlat ro'yxatidan o'tib, yakka turdagi tadbirkor bo'ldim. Ishimni tezda hal qilib berishdi.

 Hujjatlarimning hammasi shu yerning o'zida tayyor bo'ldi. Mahallamizda savdo majmuasi tashkil qildim. Faoliyatimni kelgusida yanada kengaytirib, go'zallik saloni ochish niyatidaman.
Shu kuni 50 nafarga yaqin  fuqarolarga huquqiy hamda davlat xizmatlari ko'rsatildi. aholi 10 ta elektron  kalit, 8 ta pensiya ma'lumotnomasi,2 ta kadastr pasporti,1 ta MCHJ roʻyxatdan oʻtkazildi. Qolgan fuqarolardan muddati o'tgan guvohnomalar uchun arizalar olindi, tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan aholiga huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.
Qamashi tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan joriy yilning shu kuniga qadar jami 14821 ta davlat xizmatlari ko'rsatilgan.