Янгиликлар
Pensioner o‘z ish joyiga tiklandi
Bugungi kunda aholining davlat organlarida turli yo'nalishlar bo'yicha murojaatlari qabul qilinib, ularga yechim topilmoqda.Qarshi shaharida yashovchi fuqaro F.Jumayeva Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga Qarshi temir yo‘l shifoxonasidan ishdan bo‘shatilganligidan mehnat shartnomasi bekor qilinganligidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.

Joriy yilning 7-mart kuni fuqaro F. Jumayeva kasalxona bosh shifokorining
61-son buyrug‘iga asosan 2021-yil 1-yanvar kunidan pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 7-bandiga asosan bekor qilingan.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-martdagi
PQ – 4235-son “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandida 2019-yil 1-maydan ayollarning pensiya yoshiga to‘lganligi yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini
60 yoshga to‘lgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish taqiqlanishi nazarda tutilgan.
ADLIYA ARALASHGACH...
Fuqaro F. Jumayevaning manfaatini ko‘zlab javobgar Qarshi temir yo‘l shifoxonasiga nisbatan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqni g‘ayriqonuniy deb topib bekor qilish, da’vogarni ishga tiklash va majburiy progul davri uchun ish haqlarini hamda ma’naviy zararni undirish haqida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.
Mazkur da’vo arizasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, joriy yilning 17-may kuni da’vo arizasini qanoatlantirish, ya’ni fuqaro F. Jumayevani o‘z ish joyiga tiklash, majburiy progul uchun 7 042 018 so‘m ish haqi va 3 500 000 so‘m ma’naviy zarar undirish haqida hal qiluv qarori chiqarildi.
Inson huquqlarini himoya qilish
bo‘limi boshlig‘i E. Ismoilov