Joriy yilning may – iyun oylarida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan davlat tashkilot va idoralarining oylik ish haqlarini hisoblanishi, ustamalar, ushlanmalar, ish haqlaridan ushlab qolinadigan soliqlar haqida huquqiy tushuntirishlar berish hamda bu boradagi murojaatlarni qabul qilib, amaliy yordam ko'rsatish yuzasidan Aksiya e'lon qilindi.

Aksiya doirasida boshqarma va tuman (shahar) adliya bo'limlari tomonidan joylarda huquqiy targ'ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Xususan, Kasbi tuman adliya bo'limi tomonidan “Sohibqiron” MFYda aholi o'rtasida targ'ibot tadbiri hamda sayyor qabul o'tkazilib, 10 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berilib, 2 nafar fuqaroning murojaati bo'lim ish yurituviga olindi, Mirishkor tuman adliya bo'limi tomonidan “Elobod” MFYda sayyor qabul o'tkazilib, qabul davomida 10 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berilib, 2 nafar fuqaroning murojaati bo'lim ish yurituviga olindi, shuningdek, Qarshi tuman adliya bo'limi tomonidan “Bodomzor” MFYda sayyor qabul o'tkazilib, qabul davomida 30 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati