Янгиликлар
24
Saylov okruglarida oʻtkazilgan saylov natijalari toʻgʻrisida axborot berildi
Bugun oʻtkazilayotgan Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining qirq oltinchi sessiyasida xalq deputatlari viloyat kengashiga saylov oʻtkazuvchi viloyat saylov komissiyasi raisi, viloyat Adliya boshqarmasi boshligʻi Oʻ.Ostonovning axboroti tinglandi.
Axborotga koʻra, 24-Denov saylov okrugidan Murtazova Sahodat Boʻriyevna, 51-Namaton saylov okrugidan Shodmonov Davron Doʻstmurodovich va 53-Qutchi saylov okrugidan Azimov Murotjon Berdialiyevichlar xalq deputatlari viloyat kengashi deputati etib saylandi. Ularga deputatlik nishoni va guvohnomalari topshirildi.