Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

“Street law” loyihasi doirasida targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda


Mamlakatimizda hozirgi asosiy masalalardan biri sifatida avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l transport hodisalarining oldini olish, ularda halok bo‘luvchilar va tan jarohati oluvchilar sonining kamayishiga erishish, shuningdek ko‘riladigan umumiy ijtimoiy iqtisodiy zararlarni kamaytirish vazifalari turibdi. 

Adliya vazirligi tomonidan joriy yil 15 maydan 15 iyunga qadar “Qoidalarga yo'l ham bo'ysunadi” shiori ostida yo'l harakati xavfsizligi bo'yicha huquqiy savodxonlik oyligi e'lon qilinganligi munosabati bilan Shahrisabz shahar adliya bo'limi xodimlari tomonidan  “Street law” loyihasi doirasida maktab o'quvchilarida amaliy ko'nikmalar shakllantirishga qaratilgan targ'ibot tadbirlari o'tkazilib borilmoqda.