Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Konstitutsiya xotin - qizlarni qanday himoya qiladi?


Mamlakatimiz aholisining qariyb 50 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Ayollarning barcha sohalardagi samarali mehnati, ayniqsa, farzandlar tarbiyasi, oila hayotidagi ulkan xizmatlarini hech narsa bilan oʻlchab, qiyoslab boʻlmaydi.


Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 46-moddasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqli ekanliklari mustahkamlab qoʻyilgan, davlatimiz Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi, Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari toʻgʻrisidagi, Bir xil qiymatga ega boʻlgan mehnat uchun erkaklar va xotin-qizlarni teng ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi konvensiyalarga qoʻshilgan. Ushbu qonun hujjatlarini xotin- qizlarga yetkazish maqsadida Shaxrisabz tumanida “Xotin-qizlar huquqlari va kafolatlari” mavzusida seminar tadbiri tashkil etildi.


Tadbirda Qarshi davlat universiteti katta o'qituvchisi M.Fayzieva, Xalq ta'limi bo'limi mas'ul xodimi G.Abduqahxorova, tuman IIB XPB xotin-qizlar bo'yicha katta inspektori M.Kenjaeva, faoliyat olib borayotgan mahalla faol ayollari va boshqa mutassadi tashkilot vakillari ishtirok etishdi.


Ishtirokchilarga O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida”gi O'RQ-561-son va “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”gi O'RQ-562-son Qonunlari mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.

SHuningdek, ishtirokchilar o'rtasida “Oyga sayoxat”, “Ertak terapiyasi” kabi psixologik trening o'yinlar o'tkazildi.


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati