Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Olis hududlar aholisi davlat xizmatlaridan mamnun



Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev «Davlat idoralarining xalqimizga xizmati odamlarni rozi qilishning asoslaridan biri. Qaysi qishloqda, mahallada qaysi xizmatga ehtiyoj borligiga qarab, shunga sharoit yaratish kerak», deya ta'kidlagan edi.


Bugun Kitob tuman markaz xodimlari tomonidan tuman markazidan 20 km uzoqlikda joylashgan Varganza filialiga tashrif buyurgan fuqarolarga 30 dan ortiq xizmatlar ko'rsatildi. Filialga tashrif buyurganlar uchun  tegishli huquqiy maslahatlar berilib, davlat xizmatlari turlari, ulardan foydalanish tartibi, davlat xizmatlarini onlayn tarzda olish va bu orqali aholi o'rtasida elektron davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar sonini oshirish targ'ib qilib kelinmoqda.


Filial xodimlari tomonidan elektr energiyaga ulanish 8 ta,tadbirkorlik sub'ekti 5 ta, kadastr pasportini shakllantirish 6 ta, yoshga doir nafaqa tayinlash 11 ta hamda ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish kabi masalalar o'zining ijobiy yechimini topdi.


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati