Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko'rsatishda 50 foiz chegirma qo'llaniladi



Vazirlik va idoralar, tashkilotlar faoliyatini davr talabiga mos yo'lga qo'yish davr taqozosi. Qashqadaryo viloyatidagi Davlat xizmatlari markazlari binosida aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, fuqarolar uchun o'z o'ziga xizmat ko'rsatish burchagi, kutish zali, muzokaralar zali, kutubxona, mo''jazgina oshxona, bolalar maydonchasi xalqimiz uchun xizmat qilib kelmoqda.

Markazlarda nogironlar uchun ham bir qancha sharoitlar yaratilgan. SHuningdek, 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-son Prezident Farmoniga ko'ra «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida ro'yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmatlarini ko'rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig'imlar va boshqa har qanday to'lovlar bo'yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo'llaniladi.

Markaz xodimlari tomonidan nogironligi bo'lgan shaxslar uchun navbatsiz xizmat ko'rsatish tashkillashtirilgan. Asosiy maqsad Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan har bir fuqaro xizmatlardan minnatdor bo'lib, davlat xizmatlarining ko'magini xis qilishi lozim.


Qashqadaryo viloyat

adliya boshqarmasi axborot xizmati