Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Qashqadaryoda oʻqituvchilarga 1 mlrd. 432 mln. soʻm ustama va ragʻbatlantirish pullari toʻlab berilmagani aniqlandi




Adliya vazirligi topshirigʻi asosida joriy yil birinchi choragida oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra, Qashqadaryo viloyatida 340 ta umumtaʼlim maktabida pedagog-oʻqituvchilarga 1 mlrd. 432 mln. soʻm miqdoridagi lavozim maoshiga qoʻshimcha ustama va ragʻbatlantirish pullari toʻlab berilmagani aniqlandi.

— Albatta, bu holat oʻqituvchilarning oʻz kasbiga boʻlgan ishtiyoqi va intilishlariga salbiy taʼsir oʻtkazmay qolmaydi, — deydi Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Hasan Nasimov Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida oʻtkazilgan matbuot anjumanida. — Bu holatni bartaraf etish maqsadida tumanlardagi xalq taʼlimi boʻlimlariga 14 ta taqdimnoma kiritdik. Shuningdek, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudiga 15 ta daʼvo arizasi taqdim etildi.

Matbuot anjumanida Prezidentimizning 2021-yil 23-martdagi “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida 2021-yil 1-iyundan boshlab aholidan, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlaridan 17 turdagi hujjatlarni talab qilish bekor qilingani aytilib, adliya boshqarmasi tomonidan 138 ta davlat organi va tashkilotida oʻtkazilgan monitoringda mazkur hujjatga zid 476 ta holat aniqlangani maʼlum qilindi.

Bu kabi nojoʻya xati-harakatlarning oldini olish maqsadida 78 ta taqdimnoma va 5 nafar shaxsni maʼmuriy javobgarlikka tortish boʻyicha taklif berilgani qayd etildi.

Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.