Янгиликлар
Qashqadaryo viloyatida Fuqarolar yig‘inlari raislarining sayloviga start berildi.
Qarshi shahridagi "Jurnalistlar uyi" da jamoatchilik vakillari uchun Brifing òtkazildi.
Brifing davomida jurnalist va blogerlarga “Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan umume'tirof etilgan xalqaro standartlarga mos, demokratik tamoyillar hamda qonun ustuvorligi tamoyillari asosida, ochiq va oshkora o'tkazilishi hamda hozirgi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar to'g'risida batafsil axborot berildi.