Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

“Adliya sayli”: aholiga huquqiy maslahatlar berildi


“Adliya sayli”: aholiga huquqiy maslahatlar berildi



O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan “Fuqarolar davlat organlariga emas davlat organlari fuqarolarga xizmat qilishlari kerak!” shiori ostida Shahrisabz shahrida adliya sayli bo‘lib o‘tdi.

So‘ngi yillarda barcha sohalarda chuqur islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, yagona darcha tamoyili asosida Davlat xizmatlari markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Qishloq va ovullarda davlat xizmatlari markazining filiallari ish boshlashi aholining uzog‘ini yaqin, mushkulini oson bo‘lishiga xizmat qilmoqda. Shuningdek, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish maqsadida tuman, shahar adliya bo‘limlari tashkil etilgan edi. Bu islohot o‘zining ijobiy natijasini berganidan so‘ng, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari faoliyati yangi bosqichga olib chiqildi. Bu islohotlar negizida “Inson qadrini ulug‘lash”, ularning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish maqsadi mujassam. Mazkur adliya saylining ham bosh maqsadi aholi bilan yaqindan muloqot qilish, ularga huquqiy maslahatlar berish, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilish, Adliya hamisha ular bilan birga ekanini his etishiga ko‘maklashishdan iborat.

Dastlab, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, aholining sportga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Sog‘lom hayot uchun 5000 ming qadam” shiori ostida tashkilot va muassasalar xodimlari, shuningdek ko‘ngilli yoshlar ishtirokida marafon tashkil etildi.

Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qiynab kelayotgan masalalarni ijobiy hal etishga qaratilgan “Sayyor qabul” hamda “Sayyor xizmat” tadbirlari ham o‘tkazildi. Fuqarolar tomonidan ish bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash, kredit, uy-joy ta’minoti, tadbirkorlik faoliyati uchun yer ajratish, aliment va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlarga tegishli davlat idoralari tomonidan huquqiy ko‘mak va maslahatlar berildi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi aralashuvi bilan hal etilgan fuqarolarga tug‘ilganlikni qayd etish guvohnomalari topshirildi.

Shuningdek, viloyatdagi kitob ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan saylda yuridik va badiiy kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.

Saylni yanada ko‘tarinki ruhda o‘tkazish va aholining huquqiy bilimini oshirish maqsadida Qashqadaryo viloyati Yuridik texnikumi hamda Shahrisabz shahridagi “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini va huquqiy viktorina savollari tashkil etildi. Sinovlarda muvaffaqiyatli qatnashgan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

An’anaga aylangan mazkur tadbir Shahrisabz ahlini bir joyda jamladi. Tadbir jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yanada oshirish, aholiga huquqiy axborotlar, shu jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmun-mohiyatini keng aholi qatlamiga yetkazishdek ezgu maqsadlarni o‘zida ifoda etdi. Tadbir yakunida qilingan sarhisob natijasiga ko‘ra, adliya saylida FHDYO, notariat va boshqa turdagi mingga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatildi: notariat, advokatura hamda tijorat banklar tomonidan 200 ga yaqin fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berildi.




“Адлия сайли”: аҳолига ҳуқуқий маслаҳатлар берилди