Янгиликлар
30
Mahalla obodligi - yurt farovonligi
Asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga meros bo‘lib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bu – ommaviy bayramlar oldidan umumxalq hasharlarini o‘tkazish, obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirishdir.
Mana shunday ulug‘ kunlarda ya’ni mamlakatimiz bo‘ylab Ramazon ayyomi munosabati bilan joriy yilning 30-aprel kuni umumxalq hashari o‘tkazilmoqda. O‘zida poklik, insoniylik kabi ezgu jihatlarni mujassam etgan hashar tadbirlari Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi adliya organlarida ham uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Erta tongdan barcha boshqarma xodimlari o‘zlariga biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish, tozalash ishlarini boshlab yubordilar.
O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida, binolar hududi, xizmat xonalari ozoda va fayzli holatga keltirildi.